10 353
Peterburgda metro tagida vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaro qasddan rels ustiga itarib yuborilgan
10 yanvar kuni Sankt-Peterburgdagi metropolitenning olovrang yo‘nalishidagi relsiga o‘zbekistonlik 22 yoshli fuqaro tushib ketib, vafot etgani xaqida xabar beriilgan edi.
Ushbu xabar tarqalgan vaqtda o‘zbekistonlik fuqaroning qay tarzda metro relsiga tushib ketgani haqida, hatto, metropoliten xodimlari ham jo‘yali ma’lumot ayta olishmagandi.
Oradan bir necha soat o‘tib, o‘zbekistonlik 22 yoshli fuqaro Peterburgdagi “Ploщad Aleksandra Nevskogo” metro bekati relsiga atayin itarib yuborilgani ayon bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar qilgan.
Ayni vaqtda metro bekatida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum metro bekatida tanishi bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, hamroxi uni jahl ustida rels ustiga itarib yuborgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.
Qasddan qotillik sodir etilgan shaxs ushlangan. Uning shaxsi aniqlangan. Tergov ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni tongda metropolitenning “ Ploщad Aleksandra Nevskogo” bekatida poezd yo‘li chetida turgan fuqaro noma’lum sabablarga ko‘ra relsga tushib ketgan. Shundan so‘ng, metro vagoni yo‘lovchini bosib ketgan. Fuqaro shifokorlar tomonidan rels ustidan chiqarib olingan vaqtda tirik bo‘lgan. Biroq ko‘p o‘tmay olingan jarohatlarning og‘irligi tufayli jon bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi