12:46 / 10.01.2017
7 679

Britaniyalik olimlar tishlarni plombasiz davolash usulini topdi

Britaniyalik olimlar tishlarni plombasiz davolash usulini topdi

Tishlarni shikastlangan joylarni mustaqil tarzda qayta tiklashga majbur qilish va shu tariqa, plombalardan foydalanishga chek qo‘yish mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».

Londondagi Qirollik kolleji jamoasi Tideglusib kimyoviy moddasi sichqonlarda tish pulpasidagi hujayralarni tishdagi kichik teshiklarni mustaqil ravishda davolashga majbur qila olishini aniqladi. Ushbu usul «to‘liq va samarali tabiiy tiklanish»ga olib keladi, deyiladi tadqiqot haqidagi hisobotda.

Tishlarda regenerasiya (tiklanish) qobiliyati cheklangan bo‘ladi. Agar ichki tish pulpasi ochilib qolsa, odam organizmi qalin tish to‘qimasi — dentin (bevosita emal ostidagi qatlam)dan ingichka tasma yarata oladi, ammo katta teshiklarni bunday tarzda davolab bo‘lmaydi.

Tideglusib preparati tish pulpasidagi tana hujayralari faolligini kuchaytiradi, bu sichqonlar tishlaridagi 0,13 millimetr diametrga teng teshiklarni tiklash imkonini beradi. Preparatga botirilgan eruvchan gubka tishning shikastlangan qismiga qo‘yilgan, ustidan himoya qoplamasi surilgan. Gubka parchalanib borgani sari, uning o‘rnini dentin to‘ldirib borgan va tish tuzalib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik olimlar tishlarni plombasiz davolash usulini topdi