15:55 / 02.01.2017
7 236

Yangi yil kechasida Fransiyada 650ta avtomobil yoqib yuborildi

Yangi yil kechasida Fransiyada 650ta avtomobil yoqib yuborildi

Fransiyada 1 yanvarga o‘tar kechasi bezori shaxslar 650 avtomobilga o‘t qo‘ydi. Bu haqda TASS agentligiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

«Bu yil ham bayram oqshomida juda ko‘plab avtomobillar yoqib yuborildi. O‘tgan yili bir kunda 602ta avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lsa, bu yili bu ko‘rsatkich 650tani tashkil qildi», — deyilgan vazirlik xabarida.

Shu bilan birga bu borada ahvol 5 yil oldingidan 20 foizga yaxshilangani aytilgan.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, Yangi yil oqshomida mamlakat shaharlarida ko‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash ishlariga 100 mingdan ortiq polisiyachi, jandarm va o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi yil kechasida Fransiyada 650ta avtomobil yoqib yuborildi