09:34 / 23.12.2016
10 805

AQSh armiyasi insoniyat tarixidagi eng kuchli armiya deb ataldi

AQSh armiyasi insoniyat tarixidagi eng kuchli armiya deb ataldi

AQSh armiyasi insoniyatning butun tarixidagi eng qodir, kuchli va ta’minlangan armiya hisoblanadi, deb aytdi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi. U bu haqda matbuot-anjumanda aytib o‘tdi.

Kirbi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasi ayni vaqtda istalgan potensial agressordan kuchliroq hisoblanishi haqidagi so‘zlariga shu tariqa javob berdi. Shu bilan Kirbi jurnalistning savoliga javob bera turib, Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi harakatlari Rossiya armiyasini eng ilg‘or deb atashga imkon berishiga shubha bildirdi.

"Men bunday hisoblamayman. Insoniyat tarixida AQSh armiyasinikidan qodirroq, bilimliroq, kuchliroq, yaxshi rahbariyatga egaroq va ta’minlanganroq armiya bo‘lgan, deb o‘ylamayman", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Kirbi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh armiyasi insoniyat tarixidagi eng kuchli armiya deb ataldi