AQSh qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi Liviyada IShIDga qarshi operasiya yakunlanganini rasman e’lon qildi. Xabarda "Odisseya chaqmog‘i" operasiyasi 19 dekabrda yakunlangani aytilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ta’kidlanishicha, operasiya asosiy maqsadlarga erishdi, ya’ni 495 ta yuqori aniqlikdagi aviazarbalarni berib, Sirtdan milliy kelishuv hukumati bilan bog‘liq kuchlarga IShIDni siqib chiqarishga imkon berdi. Zarbalar terrorchilarning minalashtirilgan yuk mashinalari, og‘ir qurol-aslaha va tanklari, qo‘mondonlik markazlari va jangovor pozisiyalariga berilgan.
Liviyada milliy kelishuv hukumati qurollangan tuzilmalari dekabr boshida Sirtning IShID jangarilaridan to‘liq ozod etilganini e’lon qilgandi. Liviyaning sobiq etakchisi Muammar Kaddafiyning ona shahri terrorchilar tomonidan 2014 yilda bosib olingandi. Jangarilarga qarshi operasiya joriy yil may oyidan olib borilgan.
AQSh Liviya hukumati iltimosiga ko‘ra terrorchilarga aviazarbalar bergan. AQSh harbiy-dengiz flotining Wasp universal desant kemasi va San Antonio desant-transport kemasi Liviya yaqinida 4 oy navbatchilik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi