12:01 / 07.12.2016
7 565

Obama Iroqda IShIDning qanday paydo bo‘lganini aytdi

Obama Iroqda IShIDning qanday paydo bo‘lganini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonning Iroqda Saddam Husayn tuzumini ag‘darish bo‘yicha harbiy operasiya vaqtida yo‘l qo‘ygan xatolari IShID terrorchilik guruhi paydo bo‘lishining sabablaridan biri bo‘lganini aytdi.

Ma’lum qilinishicha, Obama bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlarining Makdil bazasidagi terrorchilikka qarshi kurash haqidagi nutqida aytib o‘tdi.

"Biz 2003 yilgi bostirib kirishning ba’zi xatolarini takrorlashdan bosh tortdik. Bu xatolar keyinchalik IShID nomi bilan tanilgan tashkilotning o‘sishiga turtki bergan", deb aytdi Obama.

Avvalroq Pentagon rahbari Eshton Karter AQSh boshchiligidagi koalisiya qurolli kuchlari IShID yo‘q qilingandan keyin ham Iroqda o‘z faoliyatini yakunlamasligi kerakligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama Iroqda IShIDning qanday paydo bo‘lganini aytdi