09:17 / 28.11.2016
6 059

Tramp Klintonga berilgan millionlab ovozlarni noqonuniy deb atadi

Tramp Klintonga berilgan millionlab ovozlarni noqonuniy deb atadi

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp tvitterdagi mikroblogida millionlab amerikaliklar uning raqibi Xillari Klintonga noqonuniy ovoz berganligini aytdi.

"Saylovlar hay’atida katta farq bilan g‘alaba qilganimdan tashqari, noqonuniy ovoz bergan millionlab odamlarni hisobdan chiqarib tashlasa, men umumxalq ovoz berishida ham g‘olib bo‘ldim", deb yozdi Tramp.

Ko‘rinishicha, gap, Trampning fikricha, ovoz berish mashinalari uni qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning ovozlarini Klinton foydasiga hisoblagani haqida ketmoqda.

Avvalroq Tramp Klintonning saylov natijalarini tan olish kerakligi haqidagi so‘zlarini keltirib o‘tgandi.

Tramp g‘alaba uchun vakil saylovlarchining 270 nafar ovozi zarur bo‘lgan holatda 306 nafar ovoz yig‘a oldi. Biroq umumxalq saylovida Klintonga deyarli 2 mln ovoz yutqazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Klintonga berilgan millionlab ovozlarni noqonuniy deb atadi