22:47 / 20.11.2016
6 441

Poroshenko ukrainaliklardan uzr so‘radi

Poroshenko ukrainaliklardan uzr so‘radi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash evaziga millionlab ukrain oilalariga aziyat etkazayotganini tan oldi. U bu haqda Qadr-qimmat va erkinlik kuni munosabati bilan xalqqa murojaatida aytib o‘tdi.

Poroshenkoning aytishicha, iqtisodiyotda defolt va falokatdan qutulish uchun hukumatda qat’iy va nomashhur choralarga borishdan boshqa iloj bo‘lmagan. Uning ta’kidlashicha, xuddi shunday choralarni Ukrainaning Markaziy va Sharqiy Evropa bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shnilari 1990-yillar boshida amalga oshirganlar.

"Biz uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlashi juda muhim bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Jamg‘arma esa hech qachon shirin dori bermaydi. Shuning uchun biz o‘zimiz istamagan holda millionlab oilalarga aziyat etkazganimizni anglayman. Buning uchun uzr so‘rash gunoh ham emas. Biroq men aminmanki, bu qabul qilingan choralarning samaradorligini yaqin orada borgan sari ko‘proq odamlar his qila boshlaydilar", deb aytib o‘tgan Poroshenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko ukrainaliklardan uzr so‘radi