Amerikaliklarning hozirgi prezidenti Barak Obama lotinamerikaliklarga yuzlanib, ulardan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga vaqt berishni so‘radi, deyiladi "Kun" nashrida.
«Men bu erda shuni aytishni istaymanki, — yomonlikni kutmaslik kerak», — degan Obama Perudagi OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidagi ishtiroki davomida.
U shuningdek, yangi prezident ma’muriyatining barcha vakillari vazifasiga kirishishi va ularning siyosati qay yo‘nalishda boshlanishini kutish va shundan keyin xulosa chiqarib, muhokama boshlash kerakligini qayd etib o‘tgan.
Respublikachi Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davrida g‘olib bo‘lgan taqdirda Meksika va AQSh o‘rtasida devor qurish, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo kelishuvlarini bekor qilish hamda musulmonlarni mamlakatiga kirgazmasligi haqida chiqishlar qilgandi.
Bundan oldinroq Barak Obama EI etakchilarini Donald Tramp davrida ham Vashington bilan hamkorlikni davom ettirishga chaqirgandi.
Respublikachi Donald Tramp 8 noyabr kungi saylovlarda g‘olib bo‘lgandi. U va uning ma’muriyati kelgusi yilning 20 yanvarida ishga kirishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi