18:03 / 14.11.2016
50 602

Nostradamus va Vanganing Donald Tramp haqidagi bashoratlari odamlarni dahshatga solmoqda

Nostradamus va Vanganing Donald Tramp haqidagi bashoratlari odamlarni dahshatga solmoqda

Amerika saylovlarining ilk natijalarini e’lon qilinmasidanoq dunyo siyosatchilari Donald Tramp tarix sahifalarida qanday iz qoldirishi borasida birgalikda taxminlar qila boshladilar.

Nostradamusning bashoratlari tarjimonlari yangi saylangan AQSh prezidenti IIII — jahon urushi boshlanishiga sababchi Dajjol deb, buni isboti sifatida esa quyidagi satrlarni keltirishmoqda:

Tentaklikni yashiruvchi yolg‘on to‘foni Vizantiyani o‘z qonunlarini o‘zgartirishiga majbur qiladi.

Tortishuv payti to‘fon keladi, kelishuvni buzganlar boshi qonli og‘zi bilan erdagi sut va asalni yutadi.

Nostradamus bashoratlari tarjimoni Artut Evans «yolg‘on to‘fon» so‘zini Donald Tramp, qaysiki «tentaklikni yashiruvchi», deya atadi.

Shundan so‘ng, Artut Evans sarhisob qilib:

Donald Trampni kimdir sotgan, shu sabab u g‘azabda. Qon haqida, din haqida ko‘p gapiradi va natijada o‘zi ham g‘arq bo‘ladi. Bashoratdagi sut va asal — bu Isroil

Bashoratdagi sut va asal — bu Isroil. Tramp bu borada, Isroil va Falastin masalasida betaraf bo‘lishini ochiqchasiga aytgan.

Aytgancha, Donald Tramp haqida Nostradamus va yana boshqa bir bashoratchi bashorati bilan bir xil. 1996 yilda vafot etgan bolgariyalik bashoratchi Vanga ham Amerika haqida bir qator qiziqarli bashoratlar qilgan.

Avvaliga u AQShning 44-prezidenti qora tanli odam bo‘ladi degan edi, bir necha yillar o‘tib, u Obama ekani ma’lum bo‘ldi. Vanga yana Obama AQShning eng oxirgi prezidenti bo‘ladi, 44 — prezident davrida davlat iqtisodiy inqirozga yuz tutadi, Shimoliy — Janubda esa barcha davlatlarni halokatga olib boruvchi yangi urush boshlanadi degan edi.

Aslida o‘sha urush — Suriyada va u hech kimga yaxshilik keltirmayapti.

Rasman Donald Tramp hali prezidentlik kursisini egallaganicha yo‘q, bu 20 — yanvarga belgilangan. U sanagacha esa dunyo aholisi Vanganing bashoratidan xavotirga tushmoqda.

Ha, albatta, Nostradamus va Vanganing bashoratlari xavotirli, biroq bu aniq shunday bo‘ladi degani emas. Hammasini ko‘rib bilguvchi Zotning aytgani bo‘lishiga shak-shubha yo‘q!

Alal oqibat ularning so‘zlarini hamma o‘zicha talqin qilmoqda.

Siz bu haqda nima deb o‘ylaysiz, ularning bashoratlari asoslimi?

Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nostradamus va Vanganing Donald Tramp haqidagi bashoratlari odamlarni dahshatga solmoqda