17:04 / 09.11.2016
7 758

Turkiya Bosh vaziri Trampni tabrikladi va Gulen masalasini qo‘zg‘adi

Turkiya Bosh vaziri Trampni tabrikladi va Gulen masalasini qo‘zg‘adi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim AQShning yangi prezidenti – Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi. Tabrik so‘zi bilan birga Yildirim Fathulloh Gulen masalasiga ham alohida urg‘u berib o‘tdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.

Binali Yildirim terrorchi Fathulloh Gulenni mamlakatga qaytarib berishlarini so‘radi. Uning aytishicha, Gulenning harakati Vashington va Anqara munosabatlariga salbiy ta’sir etadi.

“AQSh tez orada Gulenni bizga topshirsa, aminmanki, AQSh va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sahifasi ochiladi”, deya Binali Yildirim o‘z so‘zini yakunlagan.

Avvalroq, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi, qolaversa, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy ravishda Fathulloh Gulenni qo‘lga olishni so‘rab, AQShga murojaat etgan.

Istanbul sudi esa Fathulloh Gulenni qo‘lga olish haqida allaqachon qaror chiqargan.

Xabaringiz bor, joriy yilning 15 iyul kuni Turkiyadadavlat to‘ntarishi uyushtirilgan edi. Tartibsizlik yuzlab kishilarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yuzaga kelgan vaziyatda Fathulloh Gulenning qo‘li borligini ma’lum qilgan. Hozirgacha Turkiya Respublikasi favqulodda vaziyat holatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Bosh vaziri Trampni tabrikladi va Gulen masalasini qo‘zg‘adi