Hindistonning olmos qiroli nomini olgan Savjibxay Dxolakia o‘zining eng yaxshi xizmatchilariga 1260ta mashina hadya qildi.
Mamlakatning Divali bayramida badavlat tijoratchi qo‘l ostidagilarga mashinadan tashqari 400 kvartira va turli qimmatbaho bezaklarni tortiq qilib serhimmatligini namoyish etdi.
“So‘nggi besh yil mobaynida ishlab chiqarishdagi mislsiz unumdorlik va xodimlarimizning fidokorligi uchun mukofotlar tortiq qilinmoqda”, dedi Hare Krishna Exports kompaniyasi boshlig‘i Savjibxay Dxolakia.
Jami 5500 xodim qimmatbaho tuhfalar bilan taqdirlanadi. Bunga kompaniya 7 mln dollar sarflaydi. Umuman olganda, Divali bayramida korxonalar o‘z xodimlariga sovg‘a berish urfga kirgan. Odatda, ko‘pchilik korxonalar shirinliklar tortiq qilish bilan cheklanadi. Ammo Hare Krishna Exports 2012 yildan boshlab avtomobil sovg‘a qilishni boshladi. 2012 yilda xizmatchilarga 3 mashina hadya etilgan bo‘lsa, 2014 yilda 491 mashina va 207 kvartira in’om qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi