11:30 / 23.09.2016
6 759

Moskvada fojiali yong‘in: 8 nafar o‘t o‘chiruvchi omborxonadagi olov ichidan qaytib chiqmadi

Moskvada fojiali yong‘in: 8 nafar o‘t o‘chiruvchi omborxonadagi olov ichidan qaytib chiqmadi

Rossiya poytaxti sharqidagi Golyanovo tumanida joylashgan omborxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish ishlariga jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilarning 8 nafari olov ichida izsiz yo‘qoldi.

Mahalliy nashrlarning ma’lumotiga ko‘ra, Amur ko‘chasidagi sun’iy gullar tayyorlanadigan omborxonada yirik yong‘in kelib chiqqan. Alanga 4 ming kv m maydonni qamrab olgan. Bu yong‘in og‘irligi bo‘yicha to‘rtinchi darajali deb baholangan.

O‘t o‘chirish ishlariga 200 nafar o‘t o‘chiruvchi hamda 60ta texnika safarbar etilgan. Yonayotgan plastikni o‘chirish ilojsiz ishga aylangan, o‘t o‘chiruvchilar binolarga kislorod kirishini to‘sib qo‘yish maqsadida barcha nuqtalarni ko‘pikka to‘ldirish uchun yoppasiga harakat qilgan.

Hozirda yong‘inning avj olishi to‘xtatilgan, uni butunlay bartaraf ishlari davom etmoqda, endilikda olovning aholi uchun xavfi qolmagan.

Guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in birdaniga boshlangan. Guvohlar bino ichidan chopib chiqqan ishchi ayollarni ko‘rishgan.

"Ular juda tez chopishardi, ba’zilari choynakdan yong‘in chiqqani haqida aytishardi. Avvaliga vaziyat jiddiy emasdek ko‘rinardi", degan o‘tkinchi guvohlardan biri.

8 nafar o‘t o‘chiruvchi tom qulab tushgach, halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. RIA Novosti xabarida aytilishicha, o‘nlab ishchilar yong‘in ichida qolgan bo‘lishi mumkin.

Yong‘in to‘la bartaraf etilgach, bedarak ketgan kishilarni qidirish ishlari boshlanadi.

Rossiya shahri meri Sergey Sobyanin halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

[media=https://youtu.be/gy_msfcPeuE]


Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada fojiali yong‘in: 8 nafar o‘t o‘chiruvchi omborxonadagi olov ichidan qaytib chiqmadi