5 727
Boshqirdiston rahbari Evropaning eng yirik masjidiga milliardlab pullar ajratishga va’da berdi
Boshqirdistonning sobiq rahbari, "Ural" xayriya jamg‘armasi raisi Murtazo Rahimov respublika rahbari Rustem Xamitovning "Ar-Rahim" masjidi qurilishini yakunlashda yordam berish taklifiga javob berdi, deb ma’lum qilmoqda "Kun" nashri.
Ufada qad rostlayotgan masjid Evropadagi eng katta masjid sifatida e’tirof etilmoqda.
"Bu maqsadlar uchun hammasi bo‘lib 1,45 mlrd rubldan ko‘proq pul ajratilgan. Bugungi kunda jamg‘arma tomonidan qurilishni moliyalashtirish to‘xtatilgan. Buning sababi – qurilish buyurtmachisi – Boshqirdiston Respublikasi musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan ajratilgan xayriya mablag‘larining maqsadga muvofiq ishlatilmasligi, uning qimmat narxdagi import materiallardan voz kechishni istamasligidir", deb aytildi "Ural" saytida.
Qurilishni moliyalashtirishdan bosh tortish haqidagi rasmiy bayonot "Ural"ning saytida 18 avgustda joylashtirilgan. Biroq 5 sentyabrda Xamitov masjidni qurib bitkazishda yordam berish taklifi bilan chiqdi.
"Bu ulkan va qimmatbaho qurilish ekanini anglash kerak. 25 ming kvadrat metr maydonda inshoot qurish bugungi kunda kamida 2-2,5 mlrd rublni tashkil qiladi. Hozirda ob’ekt taxminan yarmiga qurib bitkazilgan. Biroq bu imoratning o‘zi. Bundan tashqari, yo‘l, ko‘prik qurish, jamoat transportini yo‘lga qo‘yish kerak. Gap yana bir necha milliard rubl haqida ketmoqda", deb aytgan Xamitov.
Xamitovning aytishicha, "hukumatga hozircha qurilishni o‘z zimmasiga olish va uni oxirigacha etkazish iltimosi bilan hech kim murojaat qilmagan".
Bugun Rahimov jamg‘armasi bu taklifni qabul qilgani ma’lum bo‘ldi.
"Barpo etilayotgan ob’ekt respublika uchun ham, butun musulmon dunyosi uchun ham juda muhim. Biz yaqinda bergan intervyumizda masjid qurib bitkazilishi va respublika, mamlakat va butun dunyo dindorlari ixtiyorida bo‘lishi uchun maksimal darajada kuchimizni berishimizni aytgandik. Biz o‘z tomonimizdan sizning istagingizni qo‘llab-quvvatlaymiz va respublika hukumati Jome’ masjidni barpo qilishni e’tiborsiz qoldirmaydi, deb umid qilamiz", deb aytilgan "Ural" saytida chop etilgan, respublikaning amaldagi prezidentiga birinchi prezidenti yo‘llagan murojaatda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi