Polisiya qurolsiz afroamerikalikni otib o‘ldirishi bilan bog‘liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Sharlott shahri aholisi Lamont Skottning o‘ldirilishiga qarshi ko‘chalarga chiqqach, polisiya ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
43 yoshli afroamerikalikning o‘ldirilishi voqeasi seshanba kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergandi. Polisiya shahar shimoli-sharqida reyd o‘tkazayotganida, avtomobildan tushib kelgan qora tanli yigitni ko‘rgan. Ularga bu shaxsning qo‘lida avtomat bordek ko‘ringan.
Polisiya hisobotida "zobitga mavjud o‘lim xavfini bartaraf etish uchun" o‘t ochilgani qayd etilgan.
Polisiyachilar bu erkakka birinchi yordamni ko‘rsatishga urinishgan, ammo shifoxonada uning o‘limi qayd etilgan.
Marhumga o‘t ochgan polisiyachi ham qora tanli ekani qayd etilgan.
WSOCTV telekanali xabariga ko‘ra, Skottning oilasidagilar uning qurol olib yurmasligini, o‘sha vaqtda u o‘z o‘g‘lini maktabdan olib ketish uchun kutib turgan bo‘lganini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)