«Qit’a Xitoyidagi ko‘chmas mulk qiroli» Van Szyanlinning o‘g‘li, 28 yoshli Van Sisun o‘zining Koko laqabli malamut zotli iti uchun sakkizta iPhone 7 sotib oldi, deb yozadi "TJournal"ga asoslanib "Daryo" nashri.
Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida itning o‘z akkaunti bo‘lib, unga 1,9 million kishi obuna bo‘lgan. iPhone 7 sotuvga chiqqan birinchi kuni itning ichida smartfoni bor deb taxmin qilingan qutilar bilan tushgan surati e’lon qilindi.
Bir yil avval Van Sisun o‘z itiga har biri 12 ming dollarlik ikkita Apple tilla soatlarini olib bergan edi.
Van Sisun — muvaffaqiyatli biznesmen va 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat xitoylik tadbirkorlardan biri. U Singapur va Londonda o‘qigan bo‘lib, Forbes versiyasiga ko‘ra, 24,2 milliard dollar davlati bilan Xitoydagi eng boy kishi bo‘lgan otasining yagona merosxo‘ridir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi