Nemis poygachisi, "Formula-1" tasnifining etti karra chempioni Mixael Shumaxer oyoqqa turmagan. Bu haqida VVS News'ga asoslanib "Kun" nashri xabar berdi.
Afsonaviy poygachining huquq himoyachisi 2015 yilning dekabrida 47 yoshli sportchining oyoqqa turgani haqidagi xabarni chop etgan Bunte nemis jurnaliga qarshi da’vo ishi bo‘yicha ana shunday bayonot berdi.
Ushbu vaziyatni Shumaxerning menejeri Sabina Kem ham izohladi. "Afsuski, Mixaelning qayta oyoqqa turgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ma’lumotlar asossiz. Boz ustiga bu mazmundagi xabarlar ko‘plab kishilarning qalbida yolg‘on umid uyg‘otadi", - dedi u.
Sobiq avtopoygachi hozirda o‘zining Shveysariyadagi villasida qayta tiklanish muolajalarini olmoqda. U 2014 yilning sentyabrida shifoxonadan o‘sha erga qaytgan. Eslatib o‘tamiz, Shumaxer 2013 yilning dekabrida tog‘ chang‘isida uchayotib, yiqilib tushgan va boshi bilan toshga urilgan. Ushbu baxtsiz hodisa natijasida sportchi yarim yildan ortiq koma holatida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?