21:41 / 18.09.2016
8 777

Nazarboyev qarshisida bitta kresloda o‘tirgan Putin va Atambaev surati ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi

Nazarboyev qarshisida bitta kresloda o‘tirgan Putin va Atambaev surati ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya prezidentlari Bishkekdagi MDH sammiti vaqtida birga tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu suratda Putin va Atambaev bitta kresloga joylashganiga e’tibor qaratishgan. Suratda bu ikki siyosatchi bitta kresloga sig‘ishgan holda Qozog‘iston prezidentini diqqat bilan tinglashayotganini ko‘rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqdagilar bu suratga kinoyali fikrlar bildirishmoqda. Ba’zilar Rossiya rahbari uchun alohida o‘rin talab qilishgan. Shuningdek, davlat rahbarlarining muloqoti uchun boshqa variantlar taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni Bishkekda MDH sammiti o‘tkazildi. Bu sammit tashkilot tashkil topganining 25 yilligiga bag‘ishlandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev qarshisida bitta kresloda o‘tirgan Putin va Atambaev surati ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi