23 dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazma zalida «Toshkent quvonchlari» VI Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi ishining yakunlanishiga bag‘ishlangan tantanali yopilish marosimi va g‘oliblarni mukofotlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Kultura.uz»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Qariyb 30 mamlakat bolalari biennaleda o‘z ijodi namunalarini namoyish etdi. Ekspozisiyaga 3 mingga yaqin rasmlar kirdi. Besh kun davom etgan tanlov yakunlarini tajribali hakamlar hay’ati yasab berdi.
Hay’at raisi, Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Edgars Bodnars amalga oshirilgan ulkan ish uchun barchaga minnatdorlik bildirdi.
Biennalening bosh mukofoti — Gran-prini tailandlik 8 yoshli Chayanont Saksirivutto Happy Day surati uchun qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, «Mavzuning eng yaxshi aks ettirilganligi», «Professional mahorat uchun», «Ijodiy fantaziya uchun» nominasiyalari bo‘yicha ettitadan oltin, kumush va bronza medallari taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga esdalik medallari hamda «Toshkent quvonchlari» Xalqaro biennalesining sertifikatlari topshirildi. O‘zbekistonlik, latviyalik, litvalik, rossiyalik, ukrainalik, gresiyalik bolalar taqdirlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda