17:44 / 25.12.2016
11 614

Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi, 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi qaroriga muvofiq Qobul Beknazarovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin", deyilgan O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Yangi hokim bu lavozimda Erkinjon Oqbutaevich Turdimov o‘rnini egalladi. Turdimov 16 dekabr kuni Surxondaryo viloyatiga hokim bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi