16:07 / 24.12.2016
9 558

Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi

Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangilangan rasmiy veb sayti (www.ombudsman.uz) va uning virtual qabulxonasi, shuningdek, «Ishonch telefoni»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Internet-sayt zamonaviy rivojlangan axborot-kommunikasiya sohasidagi barcha tendensiyalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, u o‘zida Ombudsmanning virtual qabulxonasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda inson huquq va erkinlarini amalga oshirishga oid savollarga javoblarni qamrab oladi. Virtual qabulxona orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin.

Sayt orqali Ombudsmanning fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam ravishda axborot berib boriladi.

Saytda Ombudsman Kotibiyati va Ombudsmanning mintaqaviy vakillarining manzillari va telefon raqamlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar joy egallagan. Sayt materiallaridan o‘zbek, rus va ingliz tillarida, shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Yangilangan internet-sayt EXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori yordamida tayyorlandi.

Shuningdek, tadbir davomida Ombudsmanning murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha «Ishonch telefoni» ochilgani e’lon qilindi. Ariza, shikoyat va takliflar (0371) 200-10-96 va qisqa 1096 (respublika miqyosida bepul) telefon raqamlari orqali berilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ombudsmanning yangilangan rasmiy sayti, virtual qabulxonasi va «Ishonch telefoni» taqdimoti o‘tkazildi