09:26 / 19.12.2016
7 451

Lola Karimovani qanday mukofot bilan taqdirlashdi?

Lola Karimovani qanday mukofot bilan taqdirlashdi?

Lola Karimova Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan ayollar sportiga qo‘shgan hissasi uchun diplom bilan taqdirlandi. U bu haqida o‘z sahifasida ma’lum qildi.

«Men Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Ayollar va sport” diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman. Ushbu sharafli diplom sport sohasida gender tenglikni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar uchun taqdim etildi.
Sportni xotin-qizlar orasida ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarimizga shunday yuqori baho berilgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Tomas Baxga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoq lozimki, bugungi kunda o‘nlab iqtidorli o‘zbekistonlik sportchi ayollar nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sportining xalqaro miqiyosdagi nufuzini yanada oshirishga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shmoqdalar.
Bizning gimnastika federasiyamiz tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘zbek sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning kelajakdagi g‘alabalari uchun zamin yaratishiga ishonaman.»- deb yozadi Lola Karimova — Tillaeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Lola Karimovani qanday mukofot bilan taqdirlashdi?