Bugun, 4 dekabr O‘zbekiston Respublikasida muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonnning ko‘p sonli aholisi qatorida taniqli san’atkorlar, davlat va jamoat arboblari ham saylovda faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedovaning bugungi muhim siysiy jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Lola AHMEDOVA, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
— Bugun yurtimizda bayram, desak ham bo‘ladi. Hammamiz uchun kelajagimizga munosib nomzodni tanlash o‘ta muhim. Men ham Chilonzor tumanidagi saylov uchastkasidan mamlakatimiz, farzandlarimiz kelajagi uchun munosib bo‘lgan nomzodga ovoz berdim. Albatta, saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik, targ‘ibot tashviqotlar o‘zimiz uchun munosib nomzodni tanlashimitzga asos bo‘ldi. Albatta bugun kungacha hammamizning oldimizda bir savol turgandi: Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov bizga meros qilib qoldirgan shunday go‘zal, ozod, obod Vatanni kelajak avlodga bekamu-ko‘st, yanada yuksak taraqqiyot bilan etkazib bera oladigan, bir so‘z bilan aytganda kelajagimiz uchun har bir jabhada mas’ul bo‘ladigan davomchi kim bo‘lishi mumkin? Bugun ana shu savolga har birimiz javob berdik. O‘ylaymizki, biz tanlagan nomzod ana shunday mas’uliyatni etarli darajada bajara oladi. Biz bunga ishonamiz! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi