17:45 / 14.11.2016
8 736

Hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

Hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

Hafta oxiriga borib O‘zbekistonda havo harorati pasayishi hamda qor yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.

Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, 16-18 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 10-15 daraja, kechasi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 19 noyabr kuni harorat kechasi va kunduzi +3-8 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 16 noyabr kuni havo harorati kechasi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 17-19 noyabr kunlari kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqga etadi.

Respublikaning boshqa hududlarida havo harorati juma kuni kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliqni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda