15:28 / 24.10.2016
8 765

Sirdaryoda 5 ta tuman hokimi almashdi

Sirdaryoda 5 ta tuman hokimi almashdi

Sirdaryo viloyatining 5 ta tumaniga va 2 ta shahriga yangi hokimlar tayinlandi. 22 oktyabr kuni Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar bergan.

Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Deputatlar Sirdaryo viloyati hokimi Oybek Ashurmatovning tavsiyasiga ko‘ra, Guliston shahriga Sirdaryo viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Shuhratullaevich Ismatullaevni, Shirin shahriga “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektrostansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhomjon Mahmudjonovich Begalievni, Oqoltin tumaniga Jizzax viloyati Zomin tumani “Avtosanoat-agro-Jizzax” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Hamraboy Rahimovich Razzoqovni, Sayxunobod tumaniga Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Mahmudovich Egamberdievni, Sardoba tumaniga Sirdaryo viloyati prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Shukurullo Xo‘jamqulovich Tursunovni, Sirdaryo tumaniga “Sirdaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Sobirjon Nazarovni hokim etib tasdiqladilar.

Sessiyalarda viloyat hokimi Oybek Ashurmatov tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalar qilgan.

Sessiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Abitovich Nazarmuhammedov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirdaryoda 5 ta tuman hokimi almashdi