16:51 / 14.09.2016
7 063

O‘zbekiston ijobiy tuyg‘uli mamlakatlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni oldi

O‘zbekiston ijobiy tuyg‘uli mamlakatlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni oldi

Gallup ijtimoiy kompaniyasi 2015 yil davomida dunyoning 140 ta mamlakatida 147 mingta intervyu o‘tkazdi. Odamlarga kecha qanday his-tuyg‘ularni boshidan o‘tkazgani haqida bilish uchun “Kecha biror qiziqroq ish bajardingizmi?”, “Kecha ko‘p kuldingizmi?”, “Asabiylashdingizmi?” kabi o‘nta savol berildi.

Ikkita guruhdagi savollarga berilgan “Ha” javoblaridan kelib chiqib ijobiy va salbiy ko‘rsatkichlar hisoblab chiqildi. Barcha mamlakatlarda so‘ralganlarning 72 foizi bir kun ilgari ko‘p kulishganligini ta’kidlashdi. Ijobiy his-tuyg‘ular bo‘yicha birinchi o‘rinni Paragvay egalladi. Undan keyingi ikki o‘rinda Gvatemala va Gonduras bormoqda. O‘zbekiston esa ro‘yxatning 4-o‘rnidan joy oldi. Reytingning quyi o‘rinlarini ichki vaziyat beqaror bo‘lgan mamlakatlar — Suriya, Turkiya, Ukraina, Iroq, Yaman egalladi.

Manba: diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston ijobiy tuyg‘uli mamlakatlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni oldi