12:28 / 07.09.2016
7 326

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi (Foto)

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi (Foto)

Bugun Toshkent shahrining sobiq Navoiy savdo rastalari orqasidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi.


Toshkent shahar IIV YoXBB tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mazkur hududda yuzaga kelgan yong‘in haqida soat 14:24 tezkor xabar kelib tushgan. Soat 14:53 da hodisa joyiga o‘t o‘chirish brigadalari etib borgan. Qurigan o‘t yonishi oqibatida kelib chiqqan yong‘in 800 kv.metr hududni qamrab olgan.


Tahminlarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqishiga yonib turgan tamaki qoldig‘i tashlab ketilganligi sabab bo‘lgan.
Ayni damda o‘t to‘liq o‘chirilgan.



Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi (Foto)