13:41 / 06.09.2016
6 056

Davlat departamenti: AQSh Toshkent bilan hamkorlikni davom ettiradi

Davlat departamenti: AQSh Toshkent bilan hamkorlikni davom ettiradi

AQSh O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin ham Toshkent bilan hamkorlik munosabatlarini saqlab qoladi. Bu haqda seshanba kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum jurnalistlarga ma’lum qilgan.

"Men Toshkentda bir necha kun bo‘laman. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan hamdardlik izhor etaman. Bizning O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz o‘zgarmaydi", degan u o‘z tashrifi davomida.

Bundan oldinroq O‘zbekiston TIV da Abdulaziz Komilov ushbu diplomat bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi.

U AQSh prezidenti Barak Obamaning O‘zbekiston ahliga dalda bildirgan maktubi matnini taqdim etgan.

"Men Komilov bilan uchrashuv vaqtida ikki tomonlama munosabatlar saqlab qolinishi haqida gapirdim. Bu juda muhimdir", deya qayd etgan AQSh Davlat departamenti vakili.

Manba: kun.uz
Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat almashinuvi har qanday davlat uchun qiyin davrdir, lekin bu munosabatlarni mustahkamlash vaqti bo‘lishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davlat departamenti: AQSh Toshkent bilan hamkorlikni davom ettiradi