20:03 / 04.01.2017
6 993

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun tashqi kanallar tariflarini tushirdi

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun tashqi kanallar tariflarini tushirdi

2016 yilning 21 dekabridan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet xizmatlari tarifi 1 Mbit/sekund uchun 91,50 dollarga tushirildi. Bu haqda, «UzDaily»ga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.

2016 yilda tariflar 12 marta qisqartirildi. 13 yanvarda 1 Mbit/sekund uchun tarif 156,24 dollar qilib belgilangan edi. Endilikda bu raqam 91,50 dollarni tashkil etdi.

2015 yilda narx 17 marta tushirildi. O‘sha yilning yanvarida 1 Mbit/sekund uchun tarif 259,29 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, dekabrga kelib bu ko‘rsatkich 157,60 dollargacha tushirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «O‘zbektelekom» provayderlar uchun tashqi kanallar tariflarini tushirdi