Galaxy A3, A5 va A7 — ko‘rinishi premium S seriyasiga yaqinlashtirilgan qurilmalar, biroq ularning narxi nisbatan arzon, texnik xususiyatlari ham shunga muvofiq biroz zaifroq. Bu haqda "Layfxaker"ga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qildi.
Har bir yangi smartfon metall ramka, oval shakldagi barmoq izlarini taniy oluvchi tugmaga ega. Bundan tashqari, ularning orqa qopqog‘i shishadan ishlangan, bu Galaxy S7 flagmanini yodga soladi.
Galaxy A7 an’anaga ko‘ra, 5.7 dyuymli katta Super AMOLED ekrani bilan ta’minlangan. A5 ekran diagonali - 5,2 dyuym, A3 ekran esa - 4,7 dyuym. To‘ng‘ich A7 va A5 qurilmalari 1,9 GGs chastotali prosessorga va 2 Gb operativ xotiraga ega.
Smartfonlarning fotoimkoniyatlari sezilarli darajada yaxshilangan. A5 va A7 16 Mp'li sensorga ega old va orqa kamera bilan ta’minlangan, A3 — 8 Mp old kamera va 13 Mp orqa sensor. Shuningdek qurilmalar IP68 standarti bo‘yicha chang va namlikdan muhofaza qilingan. U tobora ommalashib borayotgan USB Type-C portiga ega. (A5 va A7 Samsung Fast Charge tezkor zaryadka texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi). Uch qurilma Android 6.0.16 Marshmallow bilan taqdim etiladi.
Eng qizig‘i, yangilangan smartfonlar seriyasi dastlab Rossiyada sotuvga chiqariladi, keyin esa - qolgan Evropa mamlakatlarida.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi