20:20 / 29.12.2016
6 797

AGM X1 – birinchi qo‘sh kamerali himoyalangan smartfon

AGM X1 – birinchi qo‘sh kamerali himoyalangan smartfon

Odatda, himoyalangan korpusga ega smartfonlar o‘rtacha texnik parametrlar bilan jihozlanadi. AGM kompaniyasi ushbu an’ana buzib, IP68 korpus bilan himoyalangan, 5,5 dyuymli AMOLED displey va 5400 mA/soat sig‘imidagi batareya bilan quvvatlangan yangi AGM X1 smartfonini chiqardi.

4PDA saytiga asoslanib Terabayt.uz ma’lum qilishicha, modelga 13 Mpli qo‘sh kamera, suvga chidamli barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Qurilma korpusi titan qorishmasidan ishlangan, himoyalangan korpus gadjetni 1 metr chuqurlikkacha bo‘lgan suvga tushirish imkoniyatini beradi.

AGM X1 sakkiz yadroli Snapdragon 617 prosessorida ishlaydi, 4 GB operativ va 64 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. Old kameraning aniqligi – 5 MP. Gadjet Android platformasida ishlaydi.

Modelning narxi Xitoyda 329,99 AQSh dollarni tashkil qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » AGM X1 – birinchi qo‘sh kamerali himoyalangan smartfon