Stenford universiteti olimlari xalqaro guruhi dunyodagi eng ingichka sim yaratishdi. Ular buning uchun olmos kristall panjarasining eng kichik strukturaviy birligi – almazoiddan foydalanishdi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.
Bor-yo‘g‘i uch atom qalinlikdagi sim ikkita: o‘tkazuvchi va izolyasiyalovchi qismdan iborat. O‘tkazuvchi qismni oltingugurt va mis birlashmasi – xalkogenidlar, izolyasiyalovchi qismni almazoidlar tashkil qiladi. Tadqiqot mualliflari sim o‘lchamlariga e’tibor qaratib, bir va ikki o‘lchamli materiallar ularni fazoviy materiallardan farqlovchi bir qator xususiyatlarga egaligini ta’kidlashdi.
Olimlar fikricha, ularning ixtirosi optoelektronika, o‘ta o‘tkazuvchilar va elektr energiya yaratuvchi materiallarni yaratishda foydali bo‘lishi mumkin. Almazoidlar hozirda elektron mikroskoplar va kichik elektron qurilmalar yaratishda qo‘llanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi