14:55 / 27.12.2016
6 879

Noodatiy dizaynga ega Gionee M2017 rasman namoyish etildi

Noodatiy dizaynga ega Gionee M2017 rasman namoyish etildi

Kecha Xitoyning Gionee kompaniyasi noodatiy dizaynda ishlangan M2017 modelini rasman taqdim qildi, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, model premium ko‘rinishga ega, korpus teri va metalldan tayyorlangan. Qurilmaning narxi 1000 AQSh atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Modelga yon ekranli 5,7 dyuymli AMOLED ekran (1440x2560), sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 653 prosessori va 6 GB operativ xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotiraning sig‘imi 128 GB. Qurilma 12 va 13 MPli qo‘sh kamera bilan jihozlangan, diafragma f/1.7 bo‘lib, bu ko‘rsatkich nisbatan sifatli tasvirlarni suratga olish imkoniyatini beradi. Old kamera aniqligi 8 MP. Modelda USB Type-C sloti ko‘zda tutilgan.

Batareya sig‘imi 7000 mA/soat, qurilma suhbat rejimida 30 soatgacha ishlashi mumkin.

Hozircha modelning qachon sotuvga chiqishi noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Noodatiy dizaynga ega Gionee M2017 rasman namoyish etildi