LG kompaniyasiga qarashli LG Gram nomli mobil kompyuterlar seriyasiga yanada yengil vaznli yangi modellar qo‘shiladi.
Firmaning 2015 yilda chiqarilgan LG Gram versiyasi 980 gr vazn bosar edi, bu galgi yangilangan modelning og‘irligi esa 940 grammni tashkil qilishi ma’lum qilingan.
Terabayt saytining yozishicha, yangi versiyadagi LG Gram 13, 14 va 15 dyuymli versiyalarda ishlab chiqariladi. Ular katta tachpad, barmoq izi skaneri va Thunderbolt 3 porti bilan jihozlanadi. Barcha noutbuklarning ekrani Full HD formatiga ega bo‘lib, IPS matrisasida ishlanadi. Ularga Intel Core i5-7200U va Core i7-7500U prosessorlari o‘rnatilishi mumkin. Operativ xotiraning sig‘imi 8 GB atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Noutbuklar keyingi oyning boshida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi