14:48 / 23.12.2016
7 215

Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi

Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi

Quyosh batareyali maxsus panellardan tayyorlangan dunyodagi ilk avtoyo‘l Fransiya g‘arbida avtomobillar harakatlanishi uchun ochildi, deya yozadi Terabayt.uz sayti.

Yo‘lning tajriba sinov maydoni Normandiyada joylashgan. Trassaning faqat birinchi kilometri foydalanishga topshirilgan. Unda umumiy hajmi 28 kv.km. bo‘lgan maydonga quyosh batareyalari o‘rnatilgan.

Mazkur loyiha davlat tomonidan 5 mln evro miqdorida mablag‘ bilan ta’minlandi. U 5 ming aholiga ega shaharni yoritishga etadigan elektr energiyasi hosil qilish imkonini berishi kerak.

Quyosh batareyalari bilan qoplangan yo‘l birinchi marta tajriba sifatida bundan 2 yil avval Niderlandiyada qo‘llanildi. Unda avtomobillar uchun emas, balki velosipedlar uchun maydon tashkil qilindi va kuniga 2 ming velosipedchilar foydalandi. Endilikda Germaniya ham “quyoshli yo‘l”larni yaratishni rejalashtirmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fransiyada dunyodagi birinchi quyosh batareyali avtoyo‘l ochildi