16:50 / 22.12.2016
5 791

Google xodimi «o‘ta maxfiyligi» uchun kompaniyani sudga berdi

Google xodimi «o‘ta maxfiyligi» uchun kompaniyani sudga berdi

Jahondagi eng innovasion kompaniyada ham noroziliklar bo‘lib turarkan. Bu gal Google menejerlaridan biri noqonuniy maxfiylik tartibi tufayli kompaniya ustidan sudga shikoyat bilan murojaat qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Ismi shartli ravishda “Jon Dou” deb atalayotgan da’vogarning aytishicha, Google xodimlardan juda ham qattiq va noo‘rin maxfiylikni talab qiladi: kompaniya o‘z xodimlariga hatto advokatlar bilan Google’ning noqonuniy faoliyati haqida suhbatlashishni taqiqlaydi, xodimlardan bir-biri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baham ko‘rishni so‘raydi, shuningdek, ishning xususiyati haqida batafsil ma’lumot so‘raydigan ishchilar har tomonlama taftish qilinadi.

Eng qizig‘i, kompaniya “Google ichida ro‘y beradigan hamma narsani” o‘ta maxfiy deb hisoblaydi. Da’vogar kompaniya o‘z xodimlarini muntazam kuzatib borishini ham istisno qilmayapti.

Hatto, Jon Douning qayd etishicha, Kremniy vodiysidagi biror kompaniya haqida badiiy asar yaratilayotgan bo‘lsa va uning so‘nggi versiyasi toki Google tomonidan tasdiqlanmaguncha, asarni e’lon qilish ham mumkin emas.

Bunday taqiqlar Kaliforniyaning mehnat qonunchiligiga zid keladi, shuning uchun da’vogar kompaniyani javobgarlikka tortishni so‘ramoqda. Agar shu ish bo‘yicha qidiruv giganti aybdor deb topilsa, u taxminan 3,8 mlrd dollar miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google xodimi «o‘ta maxfiyligi» uchun kompaniyani sudga berdi