23:00 / 21.12.2016
6 419

O‘zbekistondagi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari e’lon qilindi

O‘zbekistondagi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari e’lon qilindi

Beeline Eurasia Mobile Challenge (“Evraosiyo mobil kubogi”) halqaro innovasiyalar tanlovining respublika bosqichini e’lon qiladi. Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan 129 yosh tadbirkorlar guruhidan milliy hakamlar uch sovrindor guruhni tanlab olishdi.

Mixail Gerchuk, Evrosiyo hududi bo‘yicha VimpelCom Bosh direktori: “Biz mamnunlik bilan Eurasia Mobile Challenge 2016 tanlovi g‘oliblarini e’lon qilamiz. Make Your Mark dasturi – VimpelCom kompaniyasining muhim loyihasidir, shuning uchun o‘tgan yilga nisbatan bu yili tanlovda ishtirok etish uchun berilgan arizalar soni o‘sganidan hursandmiz. Raqamli tadbirkorchilik bizning biznesimizning hayotiy kuchi manbasidir, va mazkur tanlov orqali Evraosiyoning yosh tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega ekanligimizdan g‘ururlanamiz. Biz g‘oliblarga kelgusi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan hududiy final bosqichida omad tilaymiz”.

Quyidagi guruhlar g‘olib bo‘ldilar:

• Fixit

• MyApteka

• Smartup

Uch guruh 24-25 yanvar kunlari Erevan shahrida bo‘lib o‘tadigan hududiy finalga taklif etiladilar.

Make Your Mark (“O‘z izingni qoldir”) nomli VimpelCom‘ning global loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Eurasia Mobile Challenge sentyabr oyida ishga tushirilgan edi.

Bu yilning finalistlari deyarli 1000ta ro‘yhatdan o‘tgan guruhlar orasidan tanlab olingan, bu ko‘rsatgich 2015 yildagi ko‘rsatgichdan ikki marotaba ko‘p, loyihalar bo‘yicha 300 ariza, o‘tgan yildagi arizalardan 76% ko‘p. Hakamlar hay’ati 8 ishtirokchi-mamlakatlardan 24 guruhni tanlab oldi. Dunyoning eng yirik tashkilotlaridan halaqaro va raqamli tadbirkorlar, global investorlar, shuningdek VimpelCom kompaniyasining rahbarlaridan tashkil topgan 10ta hakamlar ha’ati diqqatiga 24 g‘olib guruhlar o‘z g‘oyalarini taqdim etadilar.

Hududiy finalda ishtirok etgan 3 g‘olib guruh Barselonadagi Halqaro mobil kongressi (World Mobile Congress) doirasida 2017 yilning 27 fevraldan 2 mart kuniga qadar Global Mobile Challenge tanlovi finalida Evraosiyoni taqdim etadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistondagi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari e’lon qilindi