Samsung korporasiyasi Galaxy Note 7 smartfonlari portlab ketishi sababini qidirish maqsadida o‘tkazgan tadqiqotini yakunladi. Samsung mutaxassislari chiqargan xulosalar haqidagi ma’lumot mustaqil laboratoriyalar, jumladan Korea Testing Laboratory va UL Korea’ga berilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Qayd qilish joizki, tergov natijalari hozircha oshkor qilinmagan. Instrumental kompaniyasi mutaxassislarining fikricha, gadjetning portlashiga uning ichidagi detallarning juda zich qilib joylashtirilgani sabab bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, Samsung yangi flagman modeli Galaxy S8 bilan bozorga «shiddat bilan qaytmoqchi». Galaxy Note 7’ning portlab ketishi bilan bog‘liq bir qator voqealardan keyin kompaniyaning obro‘siga putur etdi va endi u bekamu-ko‘st flagman modelini namoyish qilishi lozim.
Taxmin qilinishicha, Samsung’ning yangi smartfoni displeyi ramkasiz va bukilgan bo‘ladi, old panelda esa ko‘z rangdor pardasining skaneri paydo bo‘ladi. Yangi smartfonni 2017 aprelda bozorga chiqarish belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?