Facebook kompaniyasi Messenger dasturida guruh videoqo‘ng‘iroqlarini ishga tushirganini ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo». Unga 50 nafargacha tarmoq foydalanuvchilarini ulash mumkin. Shu bilan birga, suhbat ishtirokchilari selfi-niqoblar, animasiyalangan GIF-tasvirlar va stikerlardan foydalanishi mumkin.
Guruh chatida tegishli tugmani bosish orqali bir yo‘la bir necha foydalanuvchiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Shuningdek, menyuda suhbat ishtirokchilarini tanlash kerak bo‘ladi.
Agar ishtirokchilardan qaysidir biri qo‘ng‘iroqqa javob bermasa ham, u keyinroq videokonferensiyaga istagan vaqtida qo‘shila oladi.
Suhbatga 50 nafar foydalanuvchini ulash imkoniyati mavjud bo‘lishiga qaramay, faqat ularning olti nafaridan iborat videolar aks etadi, bular eng faol foydalanuvchilardir.
Ishlab chiquvchilar ta’kidlashicha, ushbu funksiya Messenger’ning so‘nggi versiyasi foydalanuvchilari uchun yaqin vaqtlarda ochiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi