O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri chorrahalarida taymerli svetoforlar o‘rnatiladi. Shahar hokimiyat idoralarining ushbu tashabbusi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ijobiy qarashlariga sabab bo‘ldi. Ularning ayrimlari, shuningdek, tungi vaqtlarda ko‘chalarni yoritish ishlari ham takomillashtirilsa, yaxshi bo‘lishi haqida fikrlar bildirishgan. Chunki, oddiy bo‘yoq bilan chizilgani sabab, yo‘llardagi chiziqlar qorong‘u vaqtda deyarli umuman ko‘rinmaydi.
Shunday qilib, kelasi yildan, shahar chorrahalarida raqamli taymerlar bilan jihozlangan svetoforlar o‘rnatish boshlanadi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.
Ushbu qaror poytaxt chorrahalarida vujudga keladigan va ko‘p hollarda jiddiy YTHga sabab bo‘luvchi og‘ir vaziyatni hal etishga qaratilgan. Aksariyat holatlarda haydovchilarning yo‘l qoidalariga bepisandligi shunday ayanchli hodisalarga sabab bo‘ladi. Xususan, bugungi kunda, svetoforning "sariq chirog‘i" harakatlanishga taqiq sifatida qabul qilinmaydi, aksincha, "qizil" yonguncha o‘tib olish imkoniyatidek baholanadi.
Bundan tashqari, sabrsiz haydovchilar, qonunga rioya qilmoqchi bo‘lgan va "yashil chiroq"da harakatlanishni kutib turgan avtomobil egalarini signal chalish bilan "sariq"da harakatlanishga majbur qilishi ham bor gap.
Yangi svetoforlarni o‘rnatish haqidagi xabarni O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, haydovchilardan birining O‘zbekiston Bosh vaziri virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatiga javob berish bilan tasdiqlagan. Biroq boshqarma bu borada belgilangan rejalarga oydinlik kiritmagan.
Qayd etish joizki, bu turdagi svetoforlarni o‘rnatishga avval ham urinib ko‘rilgan, biroq bir necha oydan so‘ng, ular o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘lib qolgan. Shu bilan birga, respublikaning boshqa qator hududlarida bu kabi svetoforlar o‘zlarining foydali ekanini isbotlab bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda