15:40 / 11.12.2016
6 833

«MIT.uz Robotlar jangi» qatnashchilari soni 25 tadan oshdi

«MIT.uz Robotlar jangi» qatnashchilari soni 25 tadan oshdi

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan «MIT.uz» tanlovi doirasida, O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida tashkil qilinayotgan «Robotlar jangi» musobaqasida qatnashish uchun hozirgacha 30 ta jamoa ariza topshirgan va jarayon davom etmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, musobaqaga robotlar jangining yana bir turi — «LEGO-sumo» ham qo‘shilgan. Bu esa tanlov ishtirokchilarining yana ham ko‘p bo‘lishi va janglar qiziq o‘tishini bildiradi.

Ushbu musobaqa joriy yilning 12 dekabr, dushanba kuni soat 10:00 da Toshkentdagi «Yoshlar ijod saroyi»da start oladi. Musobaqada istalgan yosh va kasbdagi kishilar qatnashishi mumkin.

Buning uchun robotwars.mit.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Jang qoidalari (reglament) ham shu saytda berilgan.

Tanlovning taqdirlash marosimi shu kun, 12 dekabrning o‘zida soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblariga LG kompaniyasining 32 dyuymli LCD televizori sovg‘a qilinadi.

«Robotlar jangi» musoboqasining har bir ishtirokchisiga tanlovda qatnashganlik haqida sertifikat taqdim etiladi. Bundan tashqari rag‘batlantiruvchi diplom va boshqa sovg‘alar quyidagi nominasiyalar bo‘yicha beriladi:
  • Eng yosh robototexnik;
  • Eng yaxshi jamoa;
  • Eng yaxshi texnologik robot;
  • Eng yaxshi dizayndagi robot.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 12 dekabr, soat 10:00 ga qadar davom etadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar quyidagi raqamlar orqali berilmoqda:
  • +998(90) 120-78-65
  • +998(98) 809-22-41

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «MIT.uz Robotlar jangi» qatnashchilari soni 25 tadan oshdi