11:00 / 11.12.2016
6 239

Samsung Tesla elektromobillari uchun mikrochiplar etkazib beradi

Samsung Tesla elektromobillari uchun mikrochiplar etkazib beradi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Tesla elektromobillariga o‘rnatiladigan mikrokomponentlar ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

Samsung tomonidan tayyorlanadigan mikrochiplardan mashinaning avtopilot tizimida foydalanilishi ma’lum qilingan. Hozircha bu haqdagi boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmagan. Biroq shunisi ma’lumki, Tesla elektromobillaridagi avtopilotning eng muhim qismini NVIDIA tomonidan yaratilgan Drive PX 2 superkompyuteri tashkil etadi.

Bundan tashqari, Samsung Lucid Motors kompaniyasiga litiy-ionli batareyalar etkazib berish bo‘yicha kelushuvgani erishgani haqidagi ma’lumotlar ham e’lon qilindi. Ushbu startap tez orada Tesla elektromobillariga jiddiy raqib bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir oycha muqaddim Samsung AQShning audio/vizual mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqaradigan Harman firmasini 8 milliard dollarga sotib olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Tesla elektromobillari uchun mikrochiplar etkazib beradi