Amazon kompaniyasi AQShda kassa va kassirlarsiz ishlovchi oziq-ovqat do‘konlarini ochmoqchi ekanligini e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.
AQSh kompaniyasi bunday do‘konlarni Amazon Go deb atadi. Bu do‘konlarda xaridlar smartfonlarda o‘rnatilgan dastur orqali amalga oshiriladi. Xaridor smartfonni do‘konga kirishdagi turniketga qo‘yib, do‘konga bemalol kira oladi va o‘zini qiziqtirgan mahsulotlarni tanlay oladi.
Bunda Amazon mashinaviy o‘qitish, kompyuter yordamida ko‘rish va sun’iy ong yordamida tanlangan mahsulotlar haqida axborotni to‘playdi, xaridor do‘kondan chiqqandan keyin unga xaridlar smartfonga bog‘lab qo‘yilgan bank kartasi orqali amalga oshirilgani haqidagi xabar keladi.
Kompaniya dastlabki sinovlar doirasida bunday do‘konni Sietlda o‘z xodimlari uchun ochdi, bu do‘kon oddiy xaridorlar uchun 2017 yildan boshlab ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi