Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu M5 Note smartfonini 6 dekabrda taqdim etishga qaror qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti. Avvalroq tarmoqda kuzatilgan ma’lumotlarda ushbu smartfon 30 noyabrda namoyish etilishi ma’lum qilingan edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra ishlab chiqaruvchi taqdimotni bir necha kunga kechiktirgan.
Xitoy telekommunikasiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida qayd etilgan smartfonga doir tafsilotlarga qaraganda, model 5,5 dyuymli FHD ekran, sakkiz yadroli Helio P10 prosessori, 2/3/4 GB operativ, 16/32/64 GB (uch xil modifikasiyada) doimiy xotira, 13 va 5 MPli kameralarga ega bo‘ladi. Akkumulyatorning sig‘imi ancha yirik – 4000 mA/soat. Hozircha smartfonning narxi noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra uning eng arzon versiyasi (2/16 GB) 130 dollar atrofida sotilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi