13:28 / 29.11.2016
6 362

OAV: Apple botiq displeyli iPhone’ni 2017 yildayoq chiqarishi mumkin

OAV: Apple botiq displeyli iPhone’ni 2017 yildayoq chiqarishi mumkin

2017 yilda organik yorug‘lik diodlarida ishlaydigan botiq displeyli iPhone sotuvga chiqishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Nashr aniqlik kiritishicha, Apple ingichka displeylar (OLED) ishlab chiqarish hajmini oshiradi va piksellari Samsung qurilmalariga nisbatan ancha yuqori bo‘lgan displeylar prototiplarini ishlab chiqadi.

OLED texnologiyasi qimmatbaho bo‘lganligi sababli, botiq displeyli modellar narxi oddiy displeyli modellarnikidan balandroq bo‘ladi.

Manbalar aytishicha, Apple bunday modelni 2017 yilda chiqarmaslik haqida qaror qabul qilishi mumkin, bu yangi iPhone’larning o‘nta prototipidan bittasi, xolos.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OAV: Apple botiq displeyli iPhone’ni 2017 yildayoq chiqarishi mumkin