Ma’lumki, Apple kompaniyasining deyarli barcha qurilmalari Xitoyda ishlab chiqariladi. Aniqrog‘i, “Olma” qurilmalari Foxconn va Pegatron firmalari tomonidan tayyorlanadi. Biroq AQShda prezident o‘zgarishi munosabati bilan ayni paytda bir qator amerikalik brendlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashni AQShga ko‘chirish masalasini o‘ylab ko‘rishmoqda. Bunga sabab amerikalik ishbilarmonlarning davlatga etarli miqdorda soliq to‘lamayotganidir. Eng qizig‘i, yangi hukumat Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 45%lik boj joriy qilishni ham rejalashtirgan. Terabayt.uz yozishicha, shu maqsadda Apple ham Tayvanning yuqorida nomi kelgan ikki yirik kompaniyasidan iPhone’larni AQShda ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Hozircha Tayvanning Foxconn va Pegatron firmalari bu borada Apple’ga hech qanday javob bermadi. Biroq ular rozi bo‘lgan taqdirda ham, kelajakda Apple qurilmalarining narxi AQSh hududida tayyorlangani bois ikki baravarga oshishi mumkin. Bunday holat na ishlab chiqaruvchi va na mijozga xush keladi. Voqealar rivojini kuzatamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?