Google kompaniyasi yaqinda dasturchilar uchun o‘tkazilgan Chrome Dev Summit 2016 konferensiyasida birinchi marta Chrome brauzerining o‘rnatilish qo‘lamiga aniqlik kiritdi.
Chrome Engineering bo‘limi vise-prezidenti Derin Fisherning qayd etishicha, butun dunyo bo‘ylab Chrome brauzeri o‘rnatilgan qurilmalarning soni 2 milliardan ortiqdir. Terabayt.uz saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Google bundan avval Chrome brauzerining qancha gadjetlarga o‘rnatilishiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Faqatgina shu yilning aprel oyida Chrome brauzerining mobil ilovasini oyiga 1 milliardga yaqin foydalanuvchilar ishlatishi borasida xabar berilgan, xolos.
Google kompaniyasining hozirda foydalanuvchilar bazasi 1 milliarddan ortiq bo‘lgan 7 ta mahsuloti mavjud. Bular: Gmail, Android, Chrome, Maps, Search, YouTube va Google Play resursidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi