Caihong 5 nomli uchuvchisiz apparat bugun, ya’ni 2 noyabr kuni namoyish etildi. Apparat Xitoyning Chjuxay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro aviasion-aerokosmik ko‘rgazma doirasida taqdim etildi. Dronlar orasida faoliyat radiusi eng kattasi shu hisoblanadi.
Osmon osti mamlakatining ulkan dronini China Aerospace Science and Technology Corporation shirkati ishlab chiqargan. Dronning qanotlari 21 metrligi kishini hayratga soladi. Caihong 5 havoda (10 km balandlikda) 60 soatgacha ishlashi mumkin. Apparatga 24tagacha raketa joylashadi.
Aytib o‘tish kerakki, 1999 yildan beri China Aerospace Science and Technology Corporation Xitoy armiyasiga harbiy aslahalar tayyorlab beruvchi asosiy kompaniyadir. Kompaniya mutaxassislari kosmik apparatlar, raketa tashuvchilar, strategik va taktik raketa tizimlari va erdagi qurilmalar yasash ustida ishlaydi. Bundan tashqari CASC mashinasozlik, kimyoviy sanoat, aloqa, transport jihozlari, kompyuterlar, atrof-muhit muhofazasi anjomlari tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?