12:12 / 03.11.2016
6 396

Facebook aksiyalari qiymati tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi

Facebook aksiyalari qiymati tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi

AQSh fond birjasi savdolari yakunida Facebook ijtimoiy tarmog‘i aksiyalari narxi 7,85 foizga arzonlashib, har bir aksiyasi narxi 117,19 dollargacha tushdi. Bu haqda Terabayt.uz sayti yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, aksiyalar narxining tushishiga kompaniyaning reklamadan ko‘radigan daromadlari sekinlashgani haqidagi xabarlar va kompaniya hisobotining e’lon qilinishi sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoq moliyaviy direktori Devid Venerning bayonot berishicha, reklamadan tushadigan daromad pasayishi reklama hajmining kamaygani bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, kompaniya kelasi yilda katta miqdorda investisiyalarni amalga oshirishni rejalashtirayapti. Bu esa, xarajatlar oshishini anglatadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook aksiyalari qiymati tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi