00:07 / 03.11.2016
6 294

Instagram ilova orqali xaridlarni amalga oshirish funksiyasini ishga tushirdi

Instagram ilova orqali xaridlarni amalga oshirish funksiyasini ishga tushirdi

Instagram servisi mobil telefonlarda onlayn-xaridlarni amalga oshirish uchun yangi funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Kompaniya rasmiy blogida ma’lum qilinishicha, mazkur funksiya hozircha ijtimoiy tarmoqning faqat AQShdagi iOS platformasi foydalanuvchilariga ana shunday imkoniyatni taqdim etadi. Bu haqda Terabayt.uz nashri yozmoqda.

«Yangi funksiya foydalanuvchilarga xariddan oldin brend bilan tanishish va tovarlarni qo‘lga kiritish jarayonini osonlashtirish imkonini beradi», — deya ta’kidlanadi kompaniyada.

Bugungi kunda sinovda Instagram bilan birga Kate Spade va JackThreads kabi 20 riteyl-brend ishtirok etmoqda.

Onlayn-xarid mexanizmi bir necha qadamdan iborat bo‘ladi: Instagram reklama postining quyi qismi chap tomonida «tap to view» («ko‘rish uchun bosish») yozuvi paydo bo‘ladi, bu erda foydalanuvchilar mahsulot va uning narxi haqida batafsil ma’lumotni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Xarid «shop now» («hozir xarid qilish») yozuvini bosish orqali amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram ilova orqali xaridlarni amalga oshirish funksiyasini ishga tushirdi